"Real" sobiq futbolchisi "Barsa"da murabbiy bo'lish haqida: "Nima uchun yo'q?"

Aziz Tukhtamuradov
2 okt 2021, 08:12
"Real" sobiq futbolchisi Guti "Barselona"da murabbiy bo'lib ishlash haqidagi savolga javob qaytardi.

"Nima uchun yo'q? Men murabbiy bo'lishni istayman va odamlarga futbolchilikdan tashqari, ushbu yo'nalishda ham imkoniyatlarim borligini ko'rsatib qo'ymoqchiman", - dedi Guti.

Eslatib o'tamiz, Gutining bosh murabbiy sifatidagi oxirgi jamoasi "Almeriya" bo'lgandi. Bungacha u "Real" va "Beshiktosh" murabbiylari shtabida ishlagan. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: AS