“Real” Pochettino uchun katta mablag' to'lashga tayyor

2 mar 2019, 08:59
Maurisio Pochettino mavsum yakunida London klubini tark etishi mumkin.

Boisi, 46 yoshli argentinalik mutaxassis “shporlar” rahbariyatidan transferlarni amalga oshirmayotganidan norozi. Mazkur sabab tufayli ham jamoa ayni damda APL g'olibligi uchun kurasha olmayapti. Pochettinoga asosiy da'vogar sifatda ea “Real” ko'rsatilmoqda. “Qirollik klubi” Maurisio uchun 40 mln funt taklif qilishga tayyor.

Pochettino 2014 yildan buyon “shporlar”ni boshqarib keladi. Klub ayni damda APLda 28-turdan so'ng 60 ochko bilan 3-o'rinni egallab turibdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: The Sun