"Real" "Milan" bilan Dalot uchun raqobat qiladi

Alisher
2 iyul 2021, 14:28
"Manchester Yunayted" himoyachisi Diogu Dalot klubdan ketishi mumkin.

22 yoshli portugaliyalik futbolchi uchun u 2020/21 yilni ijarada o'tkazgan "Milan" klubi bosh da'vogar hisoblanadi. Futbolchi uchun shuningdek "Real" ham da'vogarlik qilmoqda.

O'yinchiga shaxsan madridliklar ustozi Karlo Anchelotti qiziqish bildirmoqda, u "Everton"da ishlab yurgan payti, Dalotni jamoaga olib kelmoqchi edi. MYU futbolchi bilan 15 mln evro evaziga xayrlashishga tayyor.

Dalot 2020/21 yilgi mavsum "Milan" tarkibida 21ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 1ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Calciomercato