"Real Madrid" prezidenti Azardan qutulishga qaror qildi

Оқил Абдубарноев
12 okt 2022, 22:05
"Real Madrid" prezidenti Florentino Peres Eden Azarning futbolga bo'lgan munosabatidan charchagan va belgiyalik vingyerdan qutulishga qaror qilgan.

Manbaga ko'ra, Madrid klubi Azarni boshqa klubga tekinga qo'yib yuborishga tayyor. Ushbu holatda "qaymoqranglilar" futbolchining yuqori maoshidan qutuladi.

Seshanba kuni Eden Azar Chempionlar ligasi doirasida "Shaxtyor"ga qarshi o'yinning dastlabki daqiqalaridanoq maydonga tushdi. Belgiyalik futbolchi yomon o'yin ko'rsatdi, shu bois ikkinchi bo'limda uning o'rnini Vinisius Junior egalladi.

Eden Azar 2019-yilning yozidan buyon “Real” safida to'p suradi. Shu bilan birga, u klub safida bor-yo'g'i 71 ta o'yin o'tkazdi, chunki u faoliyatining katta qismini kasalxonada o'tkazdi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: El Nacional