"Real" Kamavinganing tovon pulini 1 mlrd qilib qo'yadi

Omonjon To`xtamirzayev
22 mar 2023, 11:16
"Real" yarim himoyachisi Eduardo Kamavinga bilan shartnomasini uzaytirmoqchi.

Madrid klubi francuz bilan yangi shartnoma borasida muzokaralarni boshlab yuborgan. "Qaymoqranglilar" yangi shartnomaga Kamavinganing tovon puli 1 mlrd evro bo'lishi borasida band kiritib ketmoqchi.

Xuddi shunday klausula "Real"ning boshqa futbolchilari Eder Militao, Rodrigo va Vinisius Junior shartnomasi mavjud.

Eslatib o'tamiz, Kamavinga 2021 yil 31 million evro evaziga "Renn"dan "Real"ga o'tgandi.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Goal