Real Beyl uchun 117 million evroni 6 yil davomida to'lamoqchi

Narzulla Saydullayev
15 avg 2013, 17:33
Real va Tottenxem yarim himoyachi Garet Beyl borasida kelishuvga erishishga yaqinlar.
Real Beylni 97,8 million evroga sotib olmoqchi, bu pullar to'rt yil davomida to'lanadi, deb xabar bermoqda Marca.

Tottenxem ushbu narx qoniqtirmoqda, ammo London klubi xo'jayini Deniel Levi bu pullarni birdaniga olmoqchi.

Real esa boshqacharoq taklif bilan chiqmoqchi: 117 million evro va bu pulni 6 yil davomida to'lash.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru