Rasman: Serj Ore - "Vilyarreal" futbolchisi

Mirjalol Normatov
4 okt 2021, 23:49
Ivuarlik himoyachi Serj Ore faoliyatini "Vilyarreal"da davom ettiradi.

Futbolchi erkin agent maqomida bo'lib turgandi. Tomonlar 2022 yilning yozigacha mo'ljallangan shartnomani imzoladi. Uni yana 2 yilga uzaytirish mumkin bo'ladi.

28 yoshli Ore bunga qadar "Tottenxem", PSJ, "Tuluza" va "Lans" kabi jamoalar tarkibida ham harakat qilgan. Kot-d'Ivuar termasida esa u 69 o'yinda 3 gol urgan.

Serj Fransiyaning ikki karra chempioni, shuningdek, uch martadan mamlakat kubogi, liga kubogi va superkubogini qo'lga kiritgan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal