Rasman: "Roma" Mxitaryandan so'ng, "Atletiko" forvardini ijaraga oldi

Eldor Akmurzayev
2 sen 2019, 22:15
Arsenal yarim himoyachisi Genrix Mxitaryan mavsum oxiriga qadar Romada ijara asosida harakat qilishi haqida xabar bergandik.

Rimliklar biroz oldin Atletiko forvardi Nikola Kalinichni ijaraga oldi. Kelishuv 2 mln. evroga amalga oshgan. Barchasi ijobiy tomonga qarab ketsa Roma 31 yoshli futbolchini 9 mln. evroga sotib olish huquqini ham qo'lga kiritgan. Kalinich matraschilar safida 17 o'yinda qatnashib, 2ta gol urdi. 

Avvalroq, xorvatiyalik hujumchi A Seriyaning Fiorentina hamda Milan kabi jamoalarida harakat qilgandi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: asroma.com