Rasman: Rami yangi jamoasi bilan shartnoma imzolash uchun Turkiyaga yetib keldi

Mirjalol Normatov
25 avg 2019, 18:55
"Fenerbaxche" o'z rasmiy saytida fransiyalik futbolchi Odil Rami bilan shartnoma imzolanayotganini ma'lum qildi.

Odil Rami Turkiya klubi bilan 3 yillik shartnoma imzolaydi.

33 yoshli futbolchi 2017 yilning yozidan buyon "Marsel" sharafini himoya qilib kelayotgandi. Biroq klub rahbariyati uni rafiqasi bilan munosabatlari tufayli jamoadan ketkazib yuborgandi.

Bunga qadar Rami "Lill", "Valensiya", "Milan" va "Sevilya" kabi jamoalarda ham faoliyat olib borgan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/Fenerbahce