Rasman: Neymar - "Al Hilol" futbolchisi!

Mirjalol Normatov
15 avg 2023, 21:46
"Al Hilol" matbuot xizmati Neymarning transferini e'lon qildi.

Futbolchi Saudiya Arabistoni klubi bilan 2+1 ko'rinishidagi shartnomani imzoladi. Shu muddat davomida u Osiyo klubida 160 mln evro maosh oladi.

Oldinroq aytilganidek, Neymarning transferidan PSJ 120 mln evro ishlab oladi. O'tgan mavsumda futbolchi 13 gol va 11 assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/AlHilal