Rasman. “Manchester Siti” 17 yoshli hujumchi bilan shartnoma imzoladi

2 avg 2019, 09:20
“Vest Bromvich” klubi hujumchisi “Man Siti”ga o'tdi.

Morgan Rojers uchun “shaharliklar” “Vest Bromvich”ga 4 mln funt to'lab berdi. Uning o'zi bilan esa uzoq muddatli bitim imzolandi. 

O'tgan mavsum futbolchi “Vest Bromvich”ning yoshlar jamoasida harakat qildi.  2002 yilda tug'ilgan futbolchi “Vest Bromvich”da 2019 yil 6 fevral kuni debyut qilgan.

Rojers 2018 yildan buyon Angliyaning U-17 jamoasida o'ynab kelmoqda.

O'xshash yangiliklar


Manba: “Манчестер Сити“ расмий сайти