Rasman: Lyakazett Liondan Arsenalga o'tdi FOTO

Narzulla Saydullayev
5 iyul 2017, 21:19
Arsenal Lion hujumchisi Aleksandr Lyakazettni sotib olganini e'lon qildi.

26 yoshli francuz hujumchi London klubi bilan uzoq yillik shartnoma tuzdi. Oldinroq Arsenal Lyakazett uchun 53 million evro evaziga o'tishi aytilgandi. Futbolchi aslida Atletikoga o'tishga yaqin edi, ammo Madrid klubiga qo'yilgan taqiq tufayli bu amalga oshmadi.

Lyakazett Lion safida 2009 yilda debyut qilgandi.



O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: arsenal.com