Rasman. "Inter" Barboza bilan shartnoma imzoladi

30 avg 2016, 22:27
Milanning "Inter" klubi Braziliya OTJ safida Olimpiada chempioniga aylangan Gabriel Barbozani o'z safiga qo'shib oldi.


"Inter" "Santos" klubi hujumchisi Barboza bilan 5 yillik shartnoma imzoladi.

Barboza bugun o'zining tug'ilgan kunida "Inter" bilan shartnoma tuzdi.

20 yoshli braziliyalik hujumchini "Yuventus" ham o'z safiga chorlayotgandi, ammo Barboza "Inter" tanlovini maqul ko'rdi.

Ushbu mavsumda Barboza Braziliya chempionatida 11 o'yinda maydonga tushdi va raqiblari darvozasini 5 marotaba ishg'ol etdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Inter