"Gabigol" – Braziliya chempionatida 100 ta gol urgan eng yosh o'yinchi

Sherzod Nurmatov
5 sen 2022, 14:37
"Flamengo" hujumchisi Gabriel Barboza "Seara"ga qarshi uchrashuvda (1:1) hisobni tenglashtirdi.

Hujumchi 26 yosh-u 5 kunligida Braziliya chempionatida 100 ta gol urgan eng yosh futbolchiga aylandi.

"Gabigol" "Vasko da Gama"ning barcha davrlardagi eng yaxshi to'purari Roberto Dinamitni ortda qoldirdi. Dinamit 1980 yilning may oyida, 26 yosh-u 24 kunligida ushbu marraga yetishgan.

Umuman olganda, "Gabigol" ligada "Flamengo" uchun 58 ta gol urgan bo'lsa, yana 42 tasini "Santos"da o'ynaganida urgan. Futbolchi "Inter" va "Benfika"dagi o'yinlari bilan ham tanilgan. 

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Globo