Rasman: Fransiyaning quyi divizionlarida mavsum muddatidan oldin yakunlandi

Eldor Akmurzayev
16 apr 2020, 20:25
Koronavirus pandemiyasi bilan bog'liq vaziyat tufayli Fransiya futbol federatsiyasi 4-divizion hamda undan pastki ligalarni muddatidan oldin yakunlashga qaror qildi.

Chempionat natijalari esa jamoalarning jadvalda egallab turgan o'rniga qarab aniqlanadi.

Ushbu qaror tufayli “Bastiya” 3-divizonga ko'tarildi. Jamoa uch yil oldin bankrot bo'lganini e'lon qilib, quyi ligalarga tushib ketgandi.

Liga 1 hamda Liga 2 noma'lum muddatga to'xtatib qo'yilgan. Ular bo'yicha yakuniy qaror esa hozircha qabul qilinmadi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: sport24