Rasman: Felipe Anderson APL klubiga o'tdi

Aslanov Jasurbek
15 iyul 2018, 14:21
"Lacio" yarim himoyachisi Felipe Anderson faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettiradi.

Futbolchi "Vest Xem" bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda London klubining "tvitter"dagi sahifasi e'lon qildi.

Kelishuv 4 yilga mo'ljallangan. Ingliz klubi "Lacio"ga transfer uchun 35 mln. funt (+7 mln. bonus) to'laydi.

Oldinroq, “Vest Xem” jamoasi 25 yoshli braziliyalik futbolchi uchun 30 mln evro to'lashi, biroq turli bonuslari bilan bu mablag' 38 mln evroga yetishi mumkinligi xabar berilgan edi. Andersonning o'zi London klubida yiliga 3,5 mln evro ishlab topadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia