"Vest Xem" o'z yetakchisi bilan 42 million funt evaziga xayrlashishga tayyor

Alisher
11 apr 2020, 13:24
"Vest Xem" vingeri Felipe Anderson yozda klubdan ketishi mumkin.

26 yoshli futbolchiga unga yozgi transferlar oynasidagi asosiy maqsad sifatida qarayotgan "Napoli" klubi qiziqmoqda.

Xabar qilinishicha, "Vest Xem" o'z o'yinchisiga 42 million funt miqdorida narx qo'ydi.

Anderson joriy mavsum Angliya Premer-ligasida 22ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 4ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Daily Mirror