Felipe Anderson "Lacio"ga qaytmoqda

Alisher
5 iyul 2021
Braziliyalik xavbek Felipe Anderson Londonning "Vest Xem" klubidan kyetishga yaqin.

Jurnalist Nikolo Skiraning xabariga ko'ra, yarim himoyachi Rimning "Lacio" klubiga o'tishi mumkin. Tomonlar muzokaralar o'tkazishdi va shaxsiy shartnoma bo'yicha kelishuvga erishishdi.

Bitim 2025 yilning yoziga qadar imzolanadi va futbolchining maoshi 2,5 million evroni tashkil etadi. Eslatib o'tamiz, Anderson 2013-2018 yillar davomida Rim klubi sharafini himoya qilgan.

Felipe o'tgan mavsum "Portu" tarkibida ijara asosida harakat qildi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira