Rasman: "Benfika" "Al Ayn" vingeri Kayoni sotib oldi

Alisher
28 iyun 2019, 11:40
"Al Ayn" vingeri Kayo Lukas "Benfika" futbolchisiga aylandi.

Uning Portugaliya klubi bilan tuzgan shartnomasi 2023 yilga qadar mo'ljallangan.

"Benfika" 25 yoshli braziliyalik futbolchi uchun birinchi Yevropa klubi bo'ldi. U "Al Ayn"dan oldin "Kashima Antlers" klubida to'p surgan.

Eslatib o'tamiz, Kayo Lukasga Doneckning "Shaxtyor" jamoasi ham qiziqish bildirayotgan edi.

Kayo yakunlangan mavsum 29ta o'yinda maydonga tushib, 8ta gol urdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: slbenfica.pt