Rashidov ketma-ket uchinchi o'yinda gol urdi, “Al-Jayish” Xavi jamoasi bilan durang o'ynadi VIDEO

Narzulla Saydullayev
22 dek 2016, 23:06
Qatar Yulduzlar ligasida 13-tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi.

Terma jamoamiz yarim himoyachisi Sardor Rashidov to'p tepayotgan “Al-Jayish” klubi o'z maydonida Xavi o'ynayotgan “Al-Sadd”ni qabul qilib 1:1 hisobida durang o'ynadi.

Mezbonlar safida yagona golni Rashidov raqib darvozasiga urdi. Shu tariqa hamyurtimiz ketma-ket uchinchi o'yinda gol urishga erishdi. 

Chempionatning 13-turidan so'ng “Al-Jayish” 29 ochko bilan turnir jadvalida uchinchi o'rinda bormoqda.

Qatar Yulduzlar Ligasi. 13-tur
“AL-JAYISH” - “AL-SADD” - 1:1
Gollar:
Sardor Rashidov 43 - Hassan Xolid 32 penalti

TAS-IX emas



Saytimizning Facebook dagi sahifasi - facebook.com/championat.asia

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia