Rashidov dublga erishib “Al-Jayish”ga g'alaba keltirdi

Narzulla Saydullayev
11 dek 2016, 20:26
Qatar Yulduzlar ligasida 11-tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi.

Terma jamoamiz yarim himoyachisi Sardor Rashidov to'p tepayotgan “Al-Jayish” klubi o'z maydonida “Al-Muayzir”ni qabul qilib, 2:1 hisobida g'alaba qozondi.

Mezbonlar safida ikkala golni ham Rashidov raqib darvozasiga urgani quvonarli hol. Sardor uchrashuvda to'liq o'ynadi.

Chempionatning 11-turidan so'ng “Al-Jayish” 28 ochko bilan turnir jadvalida yakka peshqadamlik qilyapti.

Qatar Yulduzlar Ligasi. 11-tur
“AL-JAYISH” - “AL-MUAYZIR” - 2:1
Gollar:
Sardor Rashidov 2, 86 - Ayyub Al Vardasi 47


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia