Raneriga to'rt klub taklif bilan chiqmoqda

Mirjalol Normatov
23 may 2021, 11:36
"Sampdoriya" bosh murabbiyi Klaudio Raneri ushbu mavsumdan keyin jamoadan ketadi.

"Calciomercato" xabariga ko'ra, italiyalik mutaxassisning xizmatlariga to'rt klubdan qiziqishlar bo'lmoqda. Shu kunga qadar "Kalyari", "Parma", "Lion" va Meksikaning "Monterrey" klublari unga taklif bilan chiqqan.

Qayd etilishicha, eng yaxshi taklifni "Monterrey" qo'ymoqda. Shuningdek, "Parma" ushbu mavsum B Seriyaga tushib ketdi.

Raneri 2019 yilda "Samdoriya" boshqaruvini qo'liga olgandi. Murabbiy ushbu mavsumdan keyin jamoadan ketishini ma'lum qilgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Calciomercato