Raneri "Sampdoriya"da qolmasligini ma'lum qildi

Mirjalol Normatov
22 may 2021
"Sampdoriya" bosh murabbiyi Klaudio Raneri jamoa boshqaruvidan kyetishini ma'lum qildi.

"Jamoadagilarga yana bir mavsum ishlamasligimni aytdim. Chunki klubda sharoitlar yaxshi emas. Muxlislarga o'z minnatdorligimgi bildiraman. Umid qilamanki, men ularga yoqdim. Barchaga rahmat. Futbolchilar ham yaxshi o'ynashdi. Barchaga chin yurakdan rahmat aytaman", - dedi 69 yoshli mutaxassis.

Raneri 2019 yilning oktyabridan buyon "Sampdoriya"ni boshqarmoqda. Ushbu mavsumda jamoa A Seriyani 9-o'rinda yakunlaydi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal