Raneri: "Birinchi bo'lib Mourinyoga hujum qilganman, ammo keyin munosabatimiz joyiga tushgan"

Aslanov Jasurbek
21 fev 2018, 21:16
"Nant" bosh murabbiyi Klaudio Raneri "Manchester Yunayted" ustozi Joze Mourinyo bilan munosabatlari haqida aytib berdi.

"Mourinyo - o'ylayotganini doimo yuzingizga gapiradigan inson. "Portu"dagi muvaffaqiyati mavzusidan foydalanib, avvaliga men unga hujum qildim, ammo keyinroq qiyin vaziyatga tushib qolganimni tushundim. Keyin munosabatlarimiz joyiga tushib ketdi, hurmat uyg'ondi. Mourinyo "Lester"dan ketganimni bilib, ajoyib ish qildi va u matbuot-anjumaniga ismim yozilgan futbolkada kelishini kutmagan edim" - deydi Raneri.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sport Italia