Ramos va Neymar hali safga qaytmadi, ikki haftadan so'ng jamoa "Real"ga qarshi o'ynaydi

Оқил Абдубарноев
2 fev 2022, 21:22
PSJ futbolchilari Serxio Ramos va Neymar jarohatlardan tiklanishda davom etmoqda.

Ramos va Neymar bugun parijliklarning umumiy guruh mashg'ulotlarida ishtirok etmadi. Manbaning xabariga ko'ra, braziliyalik futbolchi sport zalda hamon individual tarzda shug'ullanmoqda.

Ispaniyalik himoyachi esa mushak qismidan jarohat oldi va Fransiya kubogi 1/8 finalida "Nicca"ga qarshi o'yinni o'tkazib yubordi (0:0, pen. 5:6). Neymar noyabr oyidan beri PSJ safida maydonga tushmayapti.

Eslatib o'tamiz, 6 fevral kuni PSJ Liga 1 23-turi doirasida "Lill"ga qarshi o'yinda maydonga tushadi. Ikki haftadan so'ng, 15 fevral kuni parijliklar YCHL 1/8 finalida "Real" bilan to'qnash kelishadi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: RMC Sport