Ramos PSJda qolmoqchi. U hali ishonchni oqlamayotganini tushunadi

Alisher
19 mar 2022, 17:20
Himoyachi Serxio Ramos PSJdan ketmoqchi emas.

Ispaniyalik futbolchi Parij klubiga o'tgan yozda "Real" bilan shartnomasi yakunlanganidan so'ng o'tgandi.

35 yoshli o'yinchining PSJ bilan bitimi 2023 yilga qadar mo'ljallangan. U kelasi mavsum ham qolmoqchi va hali ishonchni oqlamayotganini tushunadi.

Ramos joriy mavsum jarohati sabab Fransiya chempionatidagi jami to'rtta o'yinda maydonga tushdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: lequipe.fr