Raboning "Barselona"ga transferi payshanba kuni hal bo'ladi

Aslanov Jasurbek
31 iyul 2018, 15:07
PSJ xavbeki Adrien Rabo faoliyatini "Barselona"da davom ettirishi mumkin.

Ma'lumotlarga ko'ra, "Barsa" rahbariyati bu transfer amalga oshishi uchun barcha ishni qildi. Endi Rabo o'z vakillari bilan PSJdan uni qo'yib yuborishni so'rashi lozim.

Agar 23 yoshli futbolchi tomonidagilar hafta oxirigacha transfer masalasida kelisha olishmasa, "Barselona" yarim himoyani kuchaytirish uchun boshqa yo'llarni izlaydi.

Rabo vakillari va PSJ rahbariyati o'rtasidagi uchrashuv payshanba kuni bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sport.es