Qozog'iston. "Aktobe"da g'alaba, "Shaxtyor"da durang, "Irtish"da mag'lubiyat

Narzulla Saydullayev
1 may 2014, 19:29
Bugun Qozog'iston Premer-Ligasida 9-tur o'yinlari bo'lib o'tdi.
E'tiboringizni hamyurtlarimiz ishtirokidagi o'yinlarga qaratamiz.

"Aktobe" o'z maydonida "Qayrat"ni mag'lub etdi - 1:0. Kapadze to'liq o'ynadi, Geynrix esa 46-daqiqada maydonga tushdi. "Aktobe" 20 ochko bilan musobaqa jadvalining 1-pog'onasida bormoqda.

"Irtish" Pavlodarda "Tobil"ga yutqazib qo'ydi - 0:3. Mezbonlar tarkibida Ulug'bek Baqoev bugun to'liq o'ynadi. "Irtish" 8 ochko bilan musobaqa jadvalining 10-pog'onasidan o'rin olgan.

"Shaxtyor" "Astana" bilan durang o'ynadi - 0:0. Shavkat Salomov maydon egalari safida 86 daqiqa harakat qildi. Kamoliddin Murzoev uzoq tanaffusdan so'ng 69-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi. 17 ochko jamg'argan "Shaxtyor" musobaqa jadvalining 3-o'rinidan joy olgan.
 

Qozog'iston chempionati. 9-tur
1 may (payshanba)

Taraz - Jetisu 1:0 (1:0)
 Gol:
Shetkin 90 (1:0)

Shaxtyor - Astana 0:0

Spartak - Qaysar 1:1 (0:0)
Gollar:
Strukov 57 (0:1), Yovanovich 77 (1:1)

Atirau - Ordabasi 1:1 (1:1)
Gollar:
Kasyanov 18 (0:1), Trifunovich 28 (1:1)

Irtish - Tobol 0:3 (0:2)
Gollar:
Jumaskaliev 10 (0:1), Eslinek 29 (0:2), Eslinek 53 (0:3)
Chetlatish:
Burzanovich 50

Aktobe - Qayrat 1:0 (1:0)
Gol:
Xayrullin 25 (1:0)

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia