Qozog'iston. 18-tur. Faqat Kapadze to'liq o'ynadi

Narzulla Saydullayev
28 iyun 2014, 13:41
Kecha Qozog'iston Premer-Ligasida 18-tur o'yinlari bo'lib o'tdi.
E'tiboringizni hamyurtlarimiz ishtirokidagi o'yinlarga qaratamiz.

"Aktobe" o'z maydonida "Astana" bilan durang o'ynadi - 1:1. Mezbonlar safida Temur Kapadze to'liq o'ynadi. "Aktobe" 36 ochko bilan musobaqa jadvalining 1-pog'onasida bormoqda.

"Shaxtyor" o'z uyida "Qaysar"ga qarshi maydonga tushib g'alaba qozondi - 4:1. Uchrashuvda Shavkat Salomov 60, Kamoliddin Murzoev esa 74-daqiqada maydonga tushdi. Viktor Kumikov boshchiligidagi jamoa 32 ochko bilan 3-o'ringa chiqib oldi.

"Irtish" Pavlodarda "Qayrat"ga qarshi maydonga tushib 0:1 hisobida mag'lub bo'ldi. Mezbonlar tarkibida Ulug'bek Baqoev 75 daqiqa harakat qildi. 20 ochko jamg'argan "Irtish" musobaqa jadvalining 8-o'rinidan joy olgan.

Qozog'iston chempionati. 18-tur
27 iyun (juma)
AKTOBE - ASTANA - 1:1 (1:1)
Gollar:
Korobkin, 3 (1:0). Siseru, 32 (1:1).

SHAXTYOR - QAYSAR - 4:1 (3:0)
Gollar:
Konisbaev, 15 (1:0). Topchagich, 42 (2:0). Murtazaev, 43 (3:0). Topchagich, 58 (4:0). Xunt, 86 (4:1).

IRTISH - QAYRAT - 0:1 (0:0)
Gol:
Baytana, 62 (0:1).

28 iyun
TARAZ - TOBOL
SPARTAK - ORDABASI
ATIRAU - JETISU

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia