

Jamoamiz a'zolari “So'g'diyona”ga qarshi bo'lib o'tadigan o'yinga tayyorgarlikni boshlab yuborishdi. Mashg'ulotlarda deyarli barcha futbolchilar ishtirok etmoqda. Faqat hujumchi Otabek Haydarovning jarohati bezovta qilgani bois mashg'ulotlarni o'tkazib yuborishga majbur bo'lmoqda. No'mon Hasanov boshchiligidagi murabbiylar shtabi kechagi mashg'ulotlarda asosan futbolchilarning jismoniy holatini yaxshilashga e'tibor qaratdilar.
Quyidagi kechagi mashg'ulotlardan olingan fotolar bilan tanishing:










