"Qo'qon-1912" safiga legioner futbolchi kelib qo'shildi

Narzulla Saydullayev
19 yanv 2020, 10:29
Bugun "Qo'qon-1912" safiga yangi serbiyalik futbolchi kelib qo'shildi.

O'tgan mavsumni Serbiya superligasi vakili “Indjiya” klubida o'tkazgan Ivan Yosovich jamoa mashg'ulotlarida ishtirok etadi. 30 yoshli himoyachi Serbiyada davom etayotgan chempionat bahslarida (20-turgacha) 11 ta uchrashuvda maydonga tushgan.

Umuman olganda, Ivan faoliyatining asosiy qismini “Yavor” jamoasida o'tkazgan. Ushbu jamoa safida o'zbekistonlik futbolchi Husniddin G'ofurov bilan birga o'ynaganini ham takilash joiz.

Legioner futbolchining harakatlari murabbiylari shtabiga maqul keladigan bo'lsa, u bilan shartnoma imzolanadi.

Eslatib o'tamiz, shu kunga qadar “Qo'qon-1912” jamoasi safida etti nafar serbiyalik futbolchi to'p tepgan edi.

Ma'lumot uchun:
To'liq ismi
-Ivan Yosovich
Tug'ilgan sana - 27 dekabr 1989 y. (30 yosh)
Tug'ilgan shahri - Ivanica, Serbiya
Buyi: 1,85 m
Vazni: 75 kg
Ampluasi: Markaziy himoyachi

O'ynagan jamoalari:
Yavor (Ivanica)
– 2010-2015
Borak – 2015
Yavor (Ivanica) – 2016 – 2019
Indjiya – 2019 - ...

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: kokand1912.uz