

“Qo'qon-1912” futbol klubi a'zolari ham bu jarayonga chetdan qarab turganlari yo'q. Taqvimda yuzaga kelgan tanaffusdan foydalanib jamoamiz vakillari ham paxta yig'im-terimida ishtirok etmoqdalar. Muhsin Nizomiddinov boshchiligidagi futbolchilarimiz Dang'ara tumanidagi fermer xo'jaliklariga borib, paxta terimida ishtirok etmoqdalar.
Shuningdek “Markaziy” stadion xodimlari hamda jamoamiz tasarrufidagi Qo'qon avtoshohbekati xodimlari ham paxta yig'im-terimida faol ishtirok etib, vatanimiz ravnaqiga o'z xissalarini qo'shmoqdalar. Zero, paxta milliy boyligimiz, uni yig'ib-terishda ishtirok etish esa har birimizning fuqarolik burchimizdir.






