"Qizilqum" Vohid Shodiev, Yovanovich, Boydullaev va Jasur Hasanovga qiziqmoqda

Narzulla Saydullayev
12 iyul 2016, 11:48
Navoiyning "Qizilqum" klubi ikkinchi davra oldidan tarkibni sezilarli darajada kuchaytirmoqchi.
"Qizilqum" bugundan Toshkentda yig'inni boshladi. Oldinroq ma'lum qilinganidek Hamza Karimov jamoa ixtiyoriga kelib qo'shildi. Rahbariyat bir qator futbolchilarga taklif bilan chiqqan. Bu haqda "Futbol Ekspress" gazetasi xabar berdi.
 
Jumladan Malayziya chempionatida o'ynab qaytgan Vohid Shodiev, "Andijon" hujumchisi Nemanya Yovanovich, "Nasaf" yarim himoyachisi Erkin Boydullaev va "Lokomotiv" yarim himoyachisi Jasur Hasanov bilan muzokaralar olib borilmoqda. Agar barchasi yaxshi kechsa bu futbolchilar ikkinchi davrani "Qizilqum"da boshlashadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia