Kamoliddin Murzoev: "Jasur Hasanov nafaqat o'zimizning futbolchilarimizga, balki raqib jamoa a'zolariga ham master-klass ko'rsatib bermoqda"

Sherzod Nurmatov
17 avg 2022, 17:41
Biroz oldin OFK Kubogi Markaziy mintaqa finalidan o'rin olgan "Xo'jand" – "So'g'diyona" uchrashuvi nihoyasiga etdi.

Biz uchrashuvni bevosita Xo'janddagi "Tojikiston mustaqilligining 20 yilligi" stadionida tomosha qilib borgan O'zbekiston futbolchilar uyushmasi rahbari Kamoliddin Murzoevning fikrlari bilan qiziqdik. 

- O'yin sizda qanday taassurot qoldirdi?

- O'yin "So'g'diyona"ning to'liq ustunligi ostida o'tdi. Futbolchilarimiz ancha mazmunli o'yin ko'rsatib, kerakli natijaga erishishdi. Keyingi o'yinlarda ham omad tilab qolamiz.

- Jasur Hasanovning o'yiniga qanday baho berasiz?

- Jasur Hasanov nafaqat o'zimizning futbolchilarimizga, balki raqib jamoa a'zolariga ham master-klass ko'rsatib bermoqda. U ajoyib sport formasida ekanligi albatta quvonarli holat. 

- "So'g'diyona"da OFK Kubogini yutish uchun imkoniyat qanday?

- Bu haqda o'ylashga hali biroz erta. Lekin barchasi yigitlarimizning o'z qo'llarida. Xudo xohlasa, "So'g'diyona" finalga yetib boradi, jamoa potenciali yuqori.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia