“Qizilqum” muxlislari diqqatiga!

Narzulla Saydullayev
24 fev 2016, 10:25
Yana sanoqli kunlardan so'ng, O'zbekiston XXVmilliy chempionati oliy liga jamoalari uchrashuvlari boshlanadi. Bu damlarni ko'psonli muxlislarimiz sabrsizlik va intizorlik bilan kutishmoqda.

Jumladan, Navoiyning “Qizilqum” jamoasi dastlabki turni o'z maydonida Muborakning “Mashal” futbolchilariga qarshi o'tkazadi. Bu o'yin 5 mart kuni shahrimizning “Umid” qo'rg'onida qad rostlagan “Yoshlar” sport majmuasi stadionida o'tkaziladi.

Yangi mavsumda “Qizilqum” muxlislar klubi o'z suyuklilarini har bir uchrashuv davomida yanada uyushqoqlik bilan qo'llab-quvvatlashni rejalashtirishmoqda. Bu borada muxlislar klubi faollari bir qator loyihalarni tayyorlashga kirishganlar.

Shu munosabat bilan “Qizilqum” PFK Muxlislar klubi 28 fevral kuni ilk rasmiy yig'ilishini o'tkazadi. Klub yetakchisi, Shahriddin Ishnazarovning bildirishicha, unda yangi mavsum reja va takliflari bo'yicha fikr almashilinadi. Muxlislar klubiga a'zo bo'lish tartib-qoidalari tushuntiriladi.

Eslatib o'tamiz, “Qizilqum” PFK Muxlislar klubi yig'ilishi Navoiy shahridagi “Yoshlar” sport majmuasida bo'lib o'tadi. Tadbir 28 fevral kuni soat 10.00 da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcqizilqum.uz