“Qizilqum” Dilshod Rahmatullaevga qiziqmoqda

Narzulla Saydullayev
13 yanv 2016, 11:16
Yaqinda Toshkentning “Lokomotiv” jamoasi bilan xayrlashgan futbolchiga bir qator klublardan qiziqish bo'lmoqda.

Xususan Navoiyning “Qizilqum” jamoasi Dilshod Rahmatullaevni o'z safida ko'rishni istamoqda. Agarda tomonlar kelisha olsa, 27 yoshli futbolchi yaqin orada “konchilar” yig'iniga borib qo'shiladi. Ma'lumot uchun Rahmatullaev o'tgan mavsum “temiryo'lchilar” safida 17ta uchrashuvda ishtirok etib, 2ta gol urgan.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia