Totti "Roma" bilan muzokaralar olib bormoqda

Sherzod Nurmatov
17 fev 2026
Franchesko Totti o'zining "Roma"ga qaytishi mumkinligi haqidagi ma'lumotga munosabat bildirdi.

Xabarlarga ko'ra, Totti texnik direktor lavozimini egallashi mumkin.

"Roma" - mening uyim, hatto hozir u yerda bo'lmasam ham. Klub to'g'ri yo'ldaligidan mamnunman. So'nggi paytlarda ko'p mish-mishlar yurdi. Bu rost: biz muloqot qilyapmiz, detallarni muhokama qilyapmiz va hamma uchun nima yaxshiroq bo'lishini hal qilyapmiz. Umid qilamanki, tez orada bu masalani hal qilamiz", – dedi Totti.

Franchesko Totti 2017 yilda futbolchilik faoliyatini yakunlagan. Shundan so'ng u bir necha yil klubda menejer sifatida ishlagan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sky Sport Italia