“Qizilqum” 27 dekabrda “Buxoro” bilan o'ynaydi

Narzulla Saydullayev
24 dek 2014, 10:33
Shu kunlarda “Qizilqum” jamoasi Navoiyda yangi mavsum oldidan dastlabki bosqich o'quv-mashg'ulotlar yig'inini davom ettirmoqda.
“So'g'diyona” stadionida kuniga ikki mahaldan uyushtirilayotgan mashg'ulotlarda o'ttiz nafardan ortiq mahalliy futbolchilar qatnashyapti. Konchilar hujumchisi Navro'zbek Alimovning Toshkentning “Paxtakor” jamoasi bilan shartnoma tuzganligini xabar qilgandik. Oxirgi ma'lumotlarga qaraganda, ayni paytda yarim himoyachilar Ruslan Vagapov Bekobodning “Metallurg”, Samandar Shodmonov esa G'uzorning “Sho'rtan” jamoasi o'quv-mashg'ulot yig'inlarida ishtirok etishyapti.

Rejaga ko'ra, “Qizilqum” futbolchilari dastlabki o'quv-mashg'ulot yig'ini doirasida bitta nazorat uchrashuvi o'tkazishni mo'ljallashgan. 27 dekabr kuni Navoiyda bo'ladigan mazkur o'yinda konchilar “Buxoro” vakillari bilan o'zaro kuch sinashadi. Uchrashuv “So'g'diyona” stadionida soat 12.00 da boshlanadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcqizilqum.uz