Qatar O'zbekiston U-17 yoshlar terma jamoasini taklif qildi

Narzulla Saydullayev
11 iyul 2013, 18:00
Agar O'zbekiston U-17 yoshlar terma jamoasi Qatarda yig'in o'tkazish istagini bildirsa, Qatar futbol federatsiyasi O'zbekiston delegaciyasini qabul qilishga tayyor.
Qatar futbol uyushmasi prezidenti Hamad Xalifa al-Tani O'FF Prezidenti Mirabror Usmonov nomiga maktub yo'lladi. Maktubda, 18 iyun kuni JCH-2014 saralashi doirasidagi O'zbekiston – Qatar uchrashuviga tashrif buyurgan QFU prezidentini iliq kutib olingani uchun minnatdorchilik bildirilgan.

Maktubda, shuningdek, QFU ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish maqsadida O'zbekistonnning barcha terma jamoalariga xizmat ko'rsatishga tayyor ekanligini bildirgan. Qatar futbol uyushmasi Sizning terma jamoalaringiz yig'inlariga mezbonlik qilish uchun tayyor, - deyiladi maktubda.

Qayd etish joiz, O'zbekiston U-17 o'smirlar terma jamoasi shu yilning 17 oktyabr – 8 noyabr kunlari BAAda tashkil etiladigan o'smirlar o'rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etadi. Qatar iqlimi BAAnikiga yaqin ekanligi hisobga olinsa, ushbu mamlakatdagi yig'inlar Dilshod Nuraliev qo'l ostidagi terma jamoa uchun foydadan holi bo'lmasligi aniq.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com