Puyol: "Atletiko" – jahonning eng kuchli klublaridan biri

9 yanv 2014, 14:17
“Barselona” klubi himoyachisi Karles Puyol, Ispaniya chempionatining 19-turida jamoasini qiyin o'yin kutib turganini takidadi, deb xabar beradi ispan OAV.

Ta'kidlab o'tamiz, Xerardo Martino shogirdlarini madridning “Atlektiko” klubiga qarshi safarda o'yin kutib turibdi.

“Barselona” ushbu o'yinda g'alaba qozonsa, chempionlik sari katta qadam qo'ygan bo'ladi deb hech ham o'ylamayman. Chunki oldinda bizni juda ko'p o'yin kutib turibdi. Biroq jahonning eng yaxshi klubiga qarshi o'yinashimizni unmasligimiz kerak”, - deydi Puyol.

Eslatib o'tamiz, 18-tur natijasiga ko'ra, ikkala klub ham 49 ochkoga ega.


Manba: championat.com