

Mersisaydliklar o'yinchi uchun boshqa klublar bilan kurashishga tayyorlar, "ko'klar" o'yinchiga qishda klubni tark etishi mumkin bo'lgan Moyze Kinga o'rinbosar sifatida qarashmoqda.
Xabarlarga ko'ra, 21 yoshli niderlandiyalik futbolchi uchun Dortmundning "Borussiya", "Milan" va "Arsenal" klublari da'vogarlik qilishmoqda.
Malen joriy mavsum Eredeviziya doirasidagi 4ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 1ta assist qayd etdi.



