PSJga qarshi o'yin oldidan “Bavariya”da katta yo'qotish

Eldor Akmurzayev
30 mar 2021, 20:50
Myunxenliklar forvardi Robert Levandovski Polsha TJ tarkibida jarohat oldi.

Hujumchi JCH-2022 saralashidan o'rin olgan Andorra (3:0)ga qarshi o'yinda gol urish bilan birga tizza paylarini ham shikastlab olgan.

“Bavariya” matbuot xizmati xabar berishicha, Levandovski jarohati tufayli 4 haftani lazaretda o'tkazadi.

Shu tariqa, 32 yoshli futbolchi YCHL 1/4 fianlidan o'rin olgan PSJga qarshi ikkala (7 va 13 apreldagi) bahsda ham jamoasiga yordam bera olmaydi.

Qayd etish joiz, Robert Levandovski klub va terma safida qatorasiga 10 o'yindan beri gol urib kelayotgandi. 

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: twitter.com/FCBayernEN