PSJ markazni kuchaytirish uchun yana ikki futbolchini jamoaga olib kelmoqchi

Eldor Akmurzayev
27 may 2019, 00:55
PSJ klubi markaziy yarim himoya chizig'ini kuchaytirish maqsadida ikki futbolchi bilan muzokaralar o'tkazishni rejalashtirmoqda.

Ularning biri Napoli a'zosi Allan bo'lib, uning transfer narxi 55-65 mln atrofida baholangan. Shuningdek, parijliklar Liverpul o'yinchisi Jeyms Milnerni qo'lga kiritish niyatida. Qayd etilishicha, Milner mersisaydliklar bilan YCHL finalidan keyin xayrlashadi. 

Avvalroq, Parij klubi MYU futbolchisi Ander Errera bilan 5 yillik shartnoma tuzgani haqida aytilgandi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Le Parisien