

Bu haqda Marca nashri xabar berdi.
Manba bergan xabarga ko'ra, ispaniyalik mutaxassis fransiyalik futbolchi PSJ yarim himoyasini kuchaytirib, jamoaga barqaror o'yin ko'rsatishiga imkon beradi, deb hisoblamoqda. Shu bilan birga “Real“ fransiyalik futbolchini sotishga tayyor.
Eslatib o'tamiz, Kamavinga Madrid klubida 2021 yildan buyon to'p surmoqda. Futbolchining “Real“ bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi. O'tgan mavsumda fransiyalik yarim himoyachi barcha turnirlarda 35 ta o'yinda ishtirok etib, 2 tadan gol va golli uzatma amalga oshirgan.




