Pro-Liga. “Mashal”ning bir qator futbolchilari “Andijon”ga qarshi bahsni o'tkazib yuboradi

Eldor Akmurzayev
7 sen 2022, 09:40
Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

“Mashal” jamoasi  “Andijon”ga qarshi Pro liga 16 tur o'yini oldidan bir qator futbolchilari jarohati va kartochkalari tufayli jamoaga yordam bera olishmaydi 

Mikola Agapov, Ravshan Yagudin, Jaloliddin Bahodirov, Saidmahmud G'ulomovlar jarohati tufayli, Siroj Rahmatullaev sariq kartochkalari to'rttaga etganligi sababli “gazchilar"ga yordam bera olishmaydi.

Eslatib o'tamiz, “Mashal” – “Andijon” uchrashuvi Muborakda Bahrom Vafoev nomli o'yingoxida bo'lib o'tadi. O'yin bugun soat 17:00 da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: "Машъал" ПФК матбуот хизмати