Portugaliyaning Evro-2016 uchun tarkibi ma'lum qilindi

Narzulla Saydullayev
18 may 2016, 08:08
Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Fernandu Santush Evro-2016 uchun tarkibni e'lon qildi.

Jarohatlari bois Bernardu Silva (Monako), Danni (Zenit) va Fabiu Koentrau (Real) ro'yxatga kiritilmadi. Santush Atletiko yarim himoyachisi Tiagu Mendeshning sog'ligi bilan tavakkal qilishni istamadi. Futbolchi yaqinda oyog'idagi jarohatidan qutuldi.

Murabbiy 30 mayga qadar tarkibga o'zgartirish kiritishga haqli.

Darvozabonlar: Ruy Patrisiu (Sporting), Antoni Lopesh (Lion), Eduardu (Dinamo Zagreb);

Himoyachilar: Vieyrinya (Volfsburg), Sedrik Soaresh (Sautgempton), Pepe (Real), Rikardu Karvalyu (Monako), Brunu Alvesh (Fenerbaxche), Joze Fonte (Sautgempton), Elizeu Pereyra (Benfika), Rafael Gerreyru (Loryan);

Yarim himoyachilar: Vilyam Karvalyu (Sporting), Danilu Pereyra (Portu), Joau Moutinyu (Monako), Renatu Sanshesh (Bavariya), Adrien Silva (Benfika), Andre Gomesh (Valensiya), Joau Mariu (Sporting);

Hujumchilar: Rafa Silva (Braga), Rikardu Kuarejma (Beshiktash), Nani (Fenerbaxche), Krishtianu Ronaldu (Real), Eder Masedu (Lill).

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: uefa.com