

Ma'lumotlarga ko'ra, endi 25 yoshli fransiyalik Italiya klubining asosiy transfer maqsadiga aylandi. Agar MYU kelasi mavsum Chempionlar ligasi ishtirokchisiga aylanmasa futbolchi "Yuventus"ga o'tishga tayyor. Pogbaning ingliz klubi bilan shartnomasi 2021 yilning 30 iyunida yakuniga etadi.
Pogba - "Manchester Yunayted" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Fransiyalik 2012 yilda klubni tark etib, "Yuventus"ga o'tgan edi. 2016 yilning yozida "qizil iblislar" Pogbani 105 mln. evro evaziga qaytarib oldi.



