Pogba APL hamda MYU klubi tarixidan joy oldi

Sherzod Nurmatov
14 avg 2021, 20:17
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Pol Pogba klub rekordini o'rnatdi.

Fransiyalik APL 1-turi doirasidagi "Lids"ga qarshi o'yinda (5:1) sheriklarini 4 ta golli pas bilan taminladi, bu esa "qizil iblislar"ning rekordi.

Shu paytgacha MYUning hech bir o'yinchisi Premer-liganing bir o'yinida assistlardan iborat "poker" qayd etmagan.

Shuningdek, u APLning bir o'yinida 4 ta golli uzatmani amalga oshirgan 7-futbolchiga aylandi. Bungacha "Arsenal" a'zolari – Dennis Bergkamp, Xose Antonio Reyes, Sesk Fabregas, Emmanuel Adebayor va Santi Kasorla, "Tottenxem" hujumchisi Xarri Keyn bunday natijaga erishgan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Opta