
“Yunayted” muxlislari sabrli bo'lishlari kerak. Oldindan Fergyuson klubni tark etsa, jamoaga qiyin bo'lishi ma'lum edi. Bunday vazifani qo'rqmay o'z zimmasiga olgan inson dovyurak bo'lishi kerak.
Moyesning har bir qilgan ishi sinchiklab ko'rib chiqiladi va bu murabbiy “MYU”ga loyiqmi yoki yo'qmi muhokama qilinadi. Lekin bir narsani tushinish kerak, olti yillik shartnoma bekordan-bekorga imzolanavermaydi, bunda qandaydir mantiq bor”, - deya ta'kidladi Shmeyxel.