Per-Emerik Obameyang faoliyatidagi eng yaxshi jamoani aytdi

Mirjalol Normatov
12 noya 2023
"Marsel" forvardi Per-Emerik Obameyang faoliyatidagi eng yaxshi jamoa nomini aytdi.

"Barselona"da barchasi zo'r edi. Faoliyatimdagi eng yaxshi 6 oyni o'tkazganman. Futboldan, mashg'ulotlardan hech qayerda bunchalik zavq olmaganman. Hatto dam olish kunlarida ham mashg'ulotlarga borardim. Aytyapman-ku, barchasi aqlbovar qilmas darajada edi", - dedi gabonlik futbolchi.

Obameyang 2022 yil qishida "Barselona"ga borib, yarim yildan keyin "Chelsi"ga o'tgandi. 34 yoshli hujumchi "Barsa" uchun 24 o'yinda qatnashib, 13 marta raqiblari postiga yo'l topgan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Amazon Prime